Yangiliklar
  • 26 08, 2024

#TRENING

TDYU professor-o'qituvchilari Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida


Adliya vaziri o'rinbosarining tegishli buyrug'iga binoan, Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchilari O'.To'xtayev va Sh.Nuriddinov tomonidan texnikumning pedagog-xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Trening davomida texnikum o'quvchilarning huquqiy ong va savodxonlik masalalari eng dolzarb mavzulari muhokama qilindi.
Shuningdek, texnikumda o'quv jarayonining uslubiy ta'minotini yaxshilash, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda ilmiy bosqichlarga oid yo'riqnomalar, uslubiy qo'llanmalar, ilmiy maqolalar bilan bog'liq tavsiyalar berib o'tildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube