Yangiliklar
  • 19 08, 2024

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida o'qishga kirgan o'quvchilari

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi  "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 705-sonli qaroriga muvofiq, Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo'llanmaga ega bo'lgan bitiruvchilariga, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-kursdan o'qishga kirish huquqi belgilangan.
Quyida siz suhbat asosida o'qishga kirgan talabalarimiz bilan tanishing:

  • Texnikumning Sud huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 206-22-guruh o'quvchisi Salohiddinov Davlatbek Salohiddin o'g'li Toshkent davlat yuridik universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
  • Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 201-22-guruh o'quvchisi G'aniyeva Rayxona Maqsud qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
  • Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 201-22-guruh o'quvchisi Jumayeva Marjona Raxmat qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
  • Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 201-22-guruh o'quvchisi Ergasheva Maxliyo Abdirashid qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha).

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube