Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida o'qishga kirgan o'quvchilari
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi "Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga suhbat asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 17-sonli qaroriga muvofiq, texnikumni tamomlagan bitiruvchilar suhbat asosida oliy ta'lim muassasasi talabasi bo'ldi.
Quyida siz suhbat asosida o'qishga kirgan talabalarimiz bilan tanishing:
- Texnikumning Yuridik xizmat yo'nalishi 2-kurs, 204-22-guruh o'quvchisi Poyonova Sevinch Alijon qizi Termiz davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
- Sud huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 206-22-guruh o'quvchisi Sayfullayeva Muqaddas Komol qizi Termiz davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
- Sud huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 206-22-guruh o'quvchisi Rustamova Elnora Asliddin qizi Termiz davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
- Yuridik xizmat yo'nalishi 2-kurs, 204-22-guruh o'quvchisi Hamzaqulova Navbahor Ravshan qizi Toshkent davlat agrar universiteti Yurisprudensiya (qishloq xo'jaligi huquqi);
- Yuridik xizmat yo'nalishi 2-kurs, 205-22-guruh o'quvchisi Boboqulov Shaxzod Alisher o'g'li O'zbekiston milliy universiteti Yurisprudensiya (biznes huquqi).
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube