Yangiliklar
  • 19 08, 2024

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida o'qishga kirgan o'quvchilari

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi "Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga suhbat asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 17-sonli qaroriga muvofiq, texnikumni tamomlagan bitiruvchilar suhbat asosida oliy ta'lim muassasasi talabasi bo'ldi.
Quyida siz suhbat asosida o'qishga kirgan talabalarimiz bilan tanishing:

  • Texnikumning Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 201-22-guruh o'quvchisi Siddiqov Samandar Sobir o'g'li Qoraqalpoq davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
  • Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 201-22-guruh o'quvchisi Akromova Sunbula Akmal qizi Buxoro davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
  • Sud huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-kurs, 207-22-guruh o'quvchisi Noreva Mohigul Ilhom qizi Buxoro davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha);
  • Yuridik xizmat yo'nalishi 2-kurs, 205-22-guruh o'quvchisi Tillayeva Nafisa Sirojiddinovna Buxoro davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha).

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube