Yangiliklar
  • 24 08, 2024

HASHAR

Yurtimizda turli bayram va sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o'tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an'anaga aylangan.


Mustaqilligimizning 33 yillik bayramini nishonlashga puxta tayyorgarlik ko'rish, mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda uning doirasida 24-25-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida ham Umumxalq xayriya hashari o'tkazildi. Hasharda texnikum xodimlari uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.
Hashar davomida texnikum binolari hududi tozalanib, daraxtlarga shakl berildi. Texnikum hudud, xonalari ozoda va fayzli holatga keltirildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube