Yangiliklar
  • 28 06, 2024

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan o'quv qo'llanma nashr etildi.

Texnikum o'qituvchilari Sh.Timirova, S.Amirov va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetining "Maxsus huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti D.Qurbonov tomonidan "Konstitutsiyani o'rganishning nazariy asoslari" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

Mazkur o'quv qo'llanma yuridik mutaxassislik bo'yicha ta'lim olayotgan texnikum va litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, qo'llanmada konstitutsiyani ilmiy va nazariy o'rganishdagi konstitutsiyani tashkil etgan asosiy qadriyatlar va konstitutsiya tomonidan tartibga solinadigan eng dolzarb munosabatlar tahlil etilgan. 

Shuni inobatga olgan holda, ta'kidlash joiz-ki, mazkur o'quv qo'llanma bo'lg'usi yurisprudensiya yo'nalishidagi o'quvchi-yoshlar va yuridik sohadagi barcha ilmiy izlanuvchilar uchun muhim o'quv adabiyoti bo'lib xizmat qiladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
             
    •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube