Yangiliklar
  • 25 06, 2024

OAV biz haqimizda

Til ─ har bir millatning ko'zgusi, ma'naviyat sarchashmasidir. U onalar allasi, otalar o'giti bilan insonlar qalbida vatanga muhabbat va sadoqat uyg'otadi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi direktori o'rinbosari Z.Oripov, pedagog-xodimlari I.Murodullayev va S.Bo'riyeva FM 102,3 to'lqinlarida "Oltin voha" radiosining navbatdagi soni mehmoni bo'ldi.

Jonli muloqot davomida o'zbek tilining kechagi kuni, buguni va istiqboli, savodxonlik, har bir O'zbekiston fuqarosining davlat tiliga zakiylik va mas'uliyat bilan yondashishi zarurligi , tilimizni e'zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma'naviy burch ekaniligi haqida tinglovchilarga ma'lumotlar berildi. 
Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
             
    •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube