E'lonlar
  • 27 05, 2024

Yuridik texnikumda o'qishning afzalliklari haqida bilasizmi?

  • Quyida ular bilan tanishing...

Yuridik texnikumlarda kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha ta'lim olish imkoniyati mavjud bo'lib, o'quvchilar davlat granti hamda to'lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Yuridik texnikumlarga o'quv-metodik jihatdan ko'mak berish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oshiriladi.

  • Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son qaroriga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti va "Yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishi mavjud beshta oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, 17-son qaroriga muvofiq TDYUdan tashqari "yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishi mavjud barcha oliy ta'lim muassasalariga test sinovlarisiz, suhbat asosida 2-kursdan o'qishga qabul qilinadi.
  • Yuridik texnikumlar bitiruvchilari o'qishni tamomlaganlaridan so'ng o'rta-maxsus yuridik ma'lumotga ega bo'lishadi va notarius yordamchisi, FHDY bo'limi inspektori, davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, advokat yordamchisi hamda davlat ijrochisi va shu kabi boshqa lavozimlarda ishlashlari mumkin bo'ladi.
  • Yuridik texnikumlarning yuqori o'zlashtirish ko'rsatkichlarga ega o'quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyalari va grantlari ajratiladi.
  • Yuridik texnikumda tahsil olayotgan o'quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog'lash mexanizmi yaratilgan. Unga ko'ra 2 yil o'qish davomida tanishtiruv hamda malakaviy amaliyot  olib boriladi.

Siz ham yurist bo'lmoqchimisiz, unda bizga murojaat qiling!
Manzil:Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Islom Karimov ko'chasi 52-uy