Yangiliklar
  • 06 12, 2023

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Konstitutsiya kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni "Konstitutsiya-hayotimiz qomusi" to'g'risida tadbir o'tkazilib, unda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'qituvchilari Sh.Timirova va I.Murodullayev ma'ruza qildi.

Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o'rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz istiqboli va xalqimiz farovonligini ta'minlashdagi roli, so'nggi yilarda Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning islohotlar samarasini oshirishdagi ahamiyatiga doir masalalar bo'yicha o'quvchilarga keng tushuncha berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube