Yangiliklar
  • 04 09, 2023

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 23-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o'quvchilari uchun Adliya vazirligi stipendiyasini ta'sis etish to'g'risida"gi 218-um-son buyrug'iga asosan,

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining 5 nafar o'quvchisi O'zbekiston Respublikasi "Adliya vazirligi stipendiyasi" sohibi bo'ldilar.

Eslatib o'tamiz, stipendiya sohibalari yuridik texnikumning akademik ko'rsatkichlari eng yuqori hamda ma'naviy-ma'rifiy, jamoat ishlarida faol bo'lgan o'quvchilar orasidan eng yuqorilari tavsiya etildi.

Quyida siz stipendiya sovrindorlari bo'lgan o'quvchilarimiz bilan tanishing:

  • Texnikumning Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-bosqich 201-22-guruh o'quvchisi Jumayeva Marjona Raxmat qizi;
  • Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-bosqich 201-22-guruh o'quvchisi Akromova Sunbula Akmal qizi;
  • Davlat huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-bosqich 201-22-guruh o'quvchisi Meyliyeva Sevinch Alisher qizi;
  • Yuridik xizmat yo'nalishi 2-bosqich 204-22-guruh o'quvchisi O'rolova Anisa Norzulla qizi;
  • Sud huquqiy faoliyat yo'nalishi 2-bosqich 206-22-guruh o'quvchisi Sayfullayeva Muqaddas Komol qizi.

Texnikum rahbariyati Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindorlarini qutlab, kelgusidagi o'qish, ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Biz ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube