Yangiliklar
  • 08 07, 2022

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizliginining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari

Ma’lumki hozirgi kunda yurtimizda yuksak siyosiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda va bu o’zgarishlar avvalom bor konstitutsiyaviy qonunchilikda amalga oshiralayotgani diqqatga sozovordir. Yurtimizda joriy yilning
25-iyunidan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi xalq muhokamasiga qo’yildi. Bu siyosiy harakatlar davomida davlatimiz tomonidan jamoatchilikni keng jalb qilish maqsadida meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasi ta’sis etildi, hamda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan mazkur elektron platforma orqali hozirgi vaqtgacha takliflar yuborilib, va mazkur yuborilgan takliflar muhokama qilinib kelinmoqda. Mazkur yuborilgan takliflarning eng ko’p qismini iqtisodiy-ijtimoiy, kichik biznes va tadbirkorlik sohalari yuzasidan taqdim etilganligini ko’rishimiz mumkin.

Prezidentimiz tomonidan turli xil yo‘nalishdagi islohotlar belgilab berilgan bo’lib ulardan bittasi iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan. “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan barcha yo‘nalishdagi takliflarning tub mohiyatida “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida amalga oshirilishi kerakligi belgilanganli quvonarli holat deb hisoblayman. Bunda xususiy mulk mavqeini oshirish va uni himoya qilish, ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlarining qabul qilinayotgani muhim omil ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Keyingi yillarda Tadbirkorlik faoliyati hamda xususiy mulk daxlsizligi bo’yicha bir qancha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilingan bo’lib, tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizliginining kafolatlari va qulay biznes muhitini yaratish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlarining qabul qilinishi mamalakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim huquqiy omil sanaladi.

Iqtisodiy islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlarni mamlakatimiz bosh qonunida aks ettirishda ham inson manfaatlarini ta’minlash masalasi ustuvor hisoblanadi. Mazkur o’zgarishlarga qadar yurtimizda 2012 yilda qabul qilingan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda ham bu norma belgilab qo‘yilgan. Qonunda xususiylashtirish natijalari bevosita davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning tashabbusi bilan bekor qilinmasligi belgilab qo’yilgan. Ushbu qonunning 7-moddasida “Mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonunchilikdagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi” deb belgilangan.

Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida iqtisodiyotda xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishga oid choralar belgilab berilgan. Farmon xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyati yanada erkin rivojlanishini, tadbirkorlik subyektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini yanada mustahkamladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga ko’ra tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va noqonuniy aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi yanada kuchaytirildi.

Ushbu qonunlar kuchga kirgandan beri bosqichma-bosqich xususiylashtirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda, ya’ni dastavval kichik davlat mulklari, keyinchalik davlat ulushi yuqori bo‘lgan o‘rta va yirik strategik ahamiyatdagi ayrim ob’ekt hamda mulklar bosqichma-bosqich xususiylashtirilmoqda. Shuningdek hozirgi kunga kelib yirik davlat tashkilotlari  ham xususiylashtirilmoqda. Bugungi kunda bu jarayon Davlat mulkini boshqarish agentligi tomonidan belgilangan tartibda auksion orqali amalga oshirilib, shaffoflik ta’minlanmoqda. Xususiylashtirilgan mol-mulk qonuniy tartibda qo‘lga kiritilgandan so‘ng o‘z-o‘zidan xususiylashtirish natijasi qachondir bekor bo‘lib ketmasligi uchun ham bu huquq konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Qonunchiligimizdagi o’zgarishlar asosida kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida katta o’zgarishlar ro’y bermoqda, tadbirkorlik qilish uchun keng yo’l ochilib, tadbirkorlar uchun qulayliklar va erkinliklar yaratilmoqda, buning natijasida yangi ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy servis xizmatlari ko‘payib aholining bandlik darajasi oshmoqda.

Qashqadaryo viloyati yuridmik texnikumi

devonxona bo‘limi mudiri

 N.Ostanova