Yangiliklar
  • 03 12, 2024

KUN TARIXI

BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.
2022-yilda Oʼzbekiston aholisining 2,3 foizi yoki 845,3 ming kishi nogironligi boʼlgan shaxslar deb topilgan. 60 yoshdan kattalarning 54 foizi nogironlikning maʼlum shakliga ega.
Uch va undan yuqori yoshdagi jami aholining 13,5 foizi nogironlikning maʼlum bir shakliga, 3,5 foizi esa nogironlikning ogʼir shakliga ega. Oʼzbekistonda 142,3 ming nafar 18 yoshgacha boʼlgan nogironligi bor bolalar va 396,7 ming nafar pensiya yoshiga yetmagan nogironligi boʼlgan shaxslar bor. Nogironligi tasdiqlangan erkaklar (475,8 ming) soni ayollarga (369,5 ming) nisbatan koʼproq.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube