Har yili Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni yuqori kayfiyat bilan kutib olamiz, o'zgacha shukuhda bayram qilamiz. Bu bejiz emas. Uning qadr-qimmati, ahamiyatini har birimiz dil-dildan his etamiz.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudi sudyalari N.Gadayev, O.Berdiyev, N.Xamroyev, l.Maxammadiyeva, texnikum pedagog-xodimlari hamda o'quvchilar ishtirok etdilar.
Suhbatda Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o'rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz istiqboli va xalqimiz farovonligini ta'minlashdagi roli, shuningdek, so'nggi yillarda Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning islohotlar samarasini oshirishdagi ahamiyatiga doir masalalar muhokama qilindi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube