"Targ‘ibot poyezdi" Qashqadaryoda
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos" shiori ostida "Targ'ibot poyezdi" loyihasi o'tkazilmoqda.
Bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida targ'ibot guruhining 5 nafar a'zolari ishtirokida "Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida "Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida yosh targ'ibotchilar tomonidan turli interfaol o'yinlar tashkil etildi.
Loyiha O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ'ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube