E'lonlar
  • 03 12, 2024

#Sovrinli_viktorina

Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan “Sovrinli viktorina” oʻtkaziladi.
Viktorina 2024-yil 3-dekabr kuni soat 09:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi!
Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 10 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) toʻgʻri javob topishi kerak.
Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar orasidan gʻolib
Youtube-kanalida tasodifiy gʻolibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida aniqlanadi.
Gʻolib ishtirokchi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.
Barcha savollarga toʻgʻri javob bering va gʻolib boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiriting!

Kanalga ulanish