YANGI KONSTITUTSIYADA TIBBIY YORDAMNING KAFOLATLARI
QASHQADARYO VILOYATI YURIDIK
TEXNIKUMI O’QITUVCHISI BAXTIYOROV
JAMOLIDDIN MUHAMMAD BAXTIYOR O’G’LI,
Ma’lumki, yurtimizda 2022 yil 25 iyunida "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi boshlandi va shu sababdan yangi Konstitutsiyani qayta ishlab chiqish davomida yurtimizda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini mustahkamlash maqsadida sog’liqni saqlash sohasiga yetarli darajada e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur islohotlar avvalo "Inson qadri uchun" xizmat qilishini keng jamoatchilikka sodda, xalqchil tilda yetkazish maqsadida, hamda mazkur islohotlarda keng jamoatchilikni jalb qilish maqsadida mamlakatimizda meningkonstitutsiyam.uz sayti shaklantitrildi. Mazkur elektron portalga nazarimizni qaratadigan bo’lsak O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan eng ko’p taqdim etilgan va ko’rilgan takliflar ichida tez tibbiy yordamning qonunda belgilangan kafolatlangan hajmini bepul berilishi va shunga uxshash takliflarni ko’rishimiz mumkin.
Tibbiy yordamning kafolatlari. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining IX bobi ya’ni “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar”ining 40-moddasida; “Har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli[1]” bo’lishligi to’g’risidagi qo’shimchalarni ko’rishimiz mumkin. Ma’lumki hozirgi kunda sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam, uy-joyga ega bo‘lish, ijtimoiy himoya, madaniy hayotda ishtirok etish huquqi va malakali yuridik xizmatdan foydalanish, jumladan, aholining kam ta’minlangan va boshqa zaif qatlamlariga bepul ijtimoiy xizmatlar taqdim etish va uni yangi konstitutsiyamizda tartibga solish dolzarb ahamiyat kasb etishiga qaramasdan mazkur huquq normasi “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 2-moddasida “fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash”[2] ligi belgilangan.
Ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik kabi qadriyatlarga asoslangan mukammal konstitutsiyani joriy etish busag’asida turgan davrimizda eng e’tiborimizni qaratishimiz kerak bo’lgan soha bu iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik deb hisoblayman, zero bu holat yuzasidan yurt boshimiz “Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari jamiyatimizda oliy qadriyat hisoblanadi. Amaldagi Konstitutsiyamizning 40-moddasida „Har bir kishi malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega, deb belgilab qo‘yilgan. Ishonchim komil, biz xalqimiz sog‘lig‘ini saqlash sohasida ulkan maqsad va vazifalarni oldimizga qo‘yayotgan hozirgi sharoitda, ushbu konstitutsiyaviy moddaning o‘zi yetarli emas”[3] deb ta’kidladilar.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasining demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlardan foydalangan holda yangi konstitutsiyamizni shakllantirishda adolatlilik, qonuniylik va milliylikni ta’minlash har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosining burchi deb hisoblayman.
[1] O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi