ZAKOVAT
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o'yinini rivojlantirish va targ'ib qilishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Shu maqsadda bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan o'quvchilar o'rtasida "Zakovat" o'yini tashkil etildi.
Jami 2 tur va 20 ta savoldan iborat mazkur o'yinni klub koordinatori M.Nurmatov olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
- 1-o'rin: 205-23-guruh;
- 2-o'rin: 210-23-guruh;
- 3-o'rin: 203-23-guruh o'quvchilari egallashdi.
Bilimlar bellashuvi davomida o'quvchi-yoshlarning bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube