Yangiliklar
  • 28 11, 2024

Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnoma!

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Bosh qomusimizning qoidalari va tamoyillarini o'rganish bo'yicha texnikum o'quvchilari o'rtasida ichki olimpiada tashkil etildi.


Olimpiadada 60 nafardan ziyod o'quvchilar konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, o'zgarishlar va kiritilgan normalarga oid test savollari bo'yicha bilimlari sinovdan o'tkazildi.
Olimpiada natijalari tez orada texnikumning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali e'lon qilinadi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube