"Eng yaxshi konstitutsiya targ'ibotchisi"
Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat. Unda belgilangan har bir modda inson sha'ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ta'minlanishi kafolatidir.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida "Eng yaxshi konstitutsiya targ'ibotchisi" tanlovi bo'lib o'tadi.
Tanlovda texnikumda tahsil olayotgan o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Ko'rik-tanlov 4 ta nominatsiya bo'yicha o'tkaziladi:
- "Konstitutsiya haqida eng yaxshi ilmiy maqola";
- "Konstitutsiya haqida eng yaxshi ommabop maqola";
- "Konstitutsiya haqida eng yaxshi infografika";
- "Konstitutsiya haqida eng yaxshi videorolik".
G'oliblar yuridik texnikum rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alariga ega bo'lishadi.
Ishtirok etish istagidagi o'quvchilar ijodiy ishlari to'g'risidagi ma'lumotlarni 4-dekabrga qadar yoshlar bilan ishlash bo'limiga yoki @m_nurullaevich telegram profiliga taqdim etishingiz mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube