Yangiliklar
  • 27 11, 2024

«Deputat va yoshlar»

Davlat organlari, rahbarlari va yoshlarning to'g'ridan- to'g'ri ochiq muloqotini yo'lga qo'yish maqsadida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida «Deputat va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.


Uchrashuvda O'zbekiston Ekologik partiyasi Qarshi shahar Kengashi raisi Shokir Imenov, texnikum pedagog-xodimlari hamda o'quvchilari ishtirok etishdi.
Erkin muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda xalq vakili sifatida, deputat oldida turgan dolzarb vazifalar, o'z saylovchilari ishonchini oqlash va ularning manfaatini himoya qilish yo'lida qilinishi lozim bo'lgan ishlar haqida deputatlar tomonidan hayotiy misollar bilan o'quvchilarga tushuntirib berildi.
Suhbat davomida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga deputat tomonidan batafsil javoblar berildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube