Tanlov
Yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida "Konstitutsiya bilimdoni" onlayn tanlovi tashkil etiladi.
Unda o'quvchilar yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, o'zgarishlar va kiritilgan normalarga oid test savollari bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.
Onlayn test 27-noyabr kuni KAHOOT platformasi orqali o'tkaziladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube