Tanlov
Korrupsiyaga qarshi kurash aholi o'rtasida, ayniqsa, yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda, albatta.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tomonidan "Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlovga materiallar: @m_nurullaevich profili orqali qabul qilinadi. Eng yaxshi videoroliklar saralanib, texnikumning rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga joylab boriladi. Videorolik davomiyligi 2-3.5 daqiqagacha bo'lishi shart.
P/S: Televideniye va xususiy telekanallar tomonidan e'lon qilingan, YouTube hamda ijtimoiy tarmoqlardan ko'chirilgan videoroliklar mualliflik huquqini buzgan hisoblanib, tanlovda ishtirok etmaydi.
G'oliblar yuridik texnikum rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube