AMALIY DARS
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilarining sud-huquq sohasidagi bilimlarini yanada oshirish va amaliyot bilan taqqoslash maqsadida Fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudida texnikum o'qituvchisi O.Poyonov tomonidan amaliy dars tashkil etildi.
Dars davomida sudning faoliyati, sud protsessi yuritilish tartibi, sud jarayonida sudyaning huquq va majburiyatlari, sud jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, sudya yordamchisining faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube