Yangiliklar
  • 30 09, 2024

E’TIROF

O'zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to'g'risidagi nizomga asosan Adliya vazirining 2024-yil 27-sentabr 565-sht-sonli buyrug'iga asosan sohada faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarga martaba darajalari berildi.
Quvonarli tomoni Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining o'quv ishlari bo'yicha birinchi o'rinbosari Oripov Zafar Meyliyevich "1-darajali yurist" maxsus unvoni bilan taqdirlandi.
Ushbu unvon bilan Zafar Meyliyevichni texnikum jamoasi nomidan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, mas'uliyatli va sharafli faoliyatlariga cheksiz muvaffaqiyat tilaymiz.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube