Yangiliklar
  • 30 09, 2024

1-oktabr – "O'qituvchi va murabbiylar kuni"

Ustoz, murabbiy, o'qituvchi deya ta'rif etilgan insonlarning mehnati igna bilan quduq qazishga qiyoslanishi bejiz emas. Bu esa katta bilim va sabr talab etadi, ularning mehnati esa bir necha o'n yillab o'tgach o'z mevasini bera boshlaydi.


Shu munosabat bilan bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida 1-oktabr – "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir boshida texnikum direktorining o'quv ishlari bo'yicha birinchi o'rinbosari Zafar Oripov mamlakatimizda ta'lim tizimini yuqori bosqichga ko'tarayotgan, o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta'kidlab, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir davomida texnikumimiz ijodkor o'quvchilari ustozlar uchun maxsus sovg'a sifatida badiiy chiqishlar va sahna ko'rinishlar hamda zamonaviy qo'shiqlarni jonli ijro etib, barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube