E'lonlar
  • 05 06, 2024

#_Bilasizmi

Hududiy adliya organlari tomonidan yuridik texnikum bitiruvchilariga yo‘llanma berish uchun maxsus komissiya har yili, qoida tariqasida, tegishli o‘quv yilining 10 iyunidan kechikmay
 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. 

  • Maxsus komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari xodimlari, yo‘llanma olish uchun ko‘zi ojiz abituriyent murojaat etganida,  komissiya tarkibiga O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati vakili kiritiladi.
  • Yuridik texnikumlar bitiruvchilari har yili 20-iyundan kechikmay maxsus komissiyaga yo‘llanma berishni so‘rab onlayn platforma orqali ariza bilan murojaat qiladi.
  • Maxsus komissiya har yili 20-iyundan 30-iyunga qadar yuridik texnikumlar bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi.
  • Maxsus komissiya o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 

                          • Telegram | • Instagram