Yangiliklar
  • 03 10, 2024

UCHRASHUV

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan viloyatimizning taniqli yozuvchi va jurnalisti, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi hamda Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuvda ijodkor ma'nan yetuk insonlarni tarbiyalash, aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirishdagi ahamiyati xususida to'xtaldi.
Tadbiri davomida ijod mashaqqati haqida va adabiyotning inson hayotida tutgan o'rni xususida so'z yuritib, o'zining ijodiy faoliyati davomida erishgan yutuqlari, hayotidagi sinovlarni yengib o'tishda adabiyotdan, ijoddan kuch olgani to'g'risida so'zlab berdilar.
Uchrashuv so'nggida ijodkor tomonidan badiiy kitoblari sovg'a qilindi. Adabiy-ijodiy uchrashuv qizg'in savol-javoblar asnosida ko'tarinki ruhda o'tdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube