E'lonlar
  • 04 06, 2024

#biz_uchun_muhim

Adliya vazirining 2024-yil 31-maydagi buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi 12 ta yuridik texnikumlariga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi.

Ma'lumot uchun:  Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar yoki litsey va kollej bitiruvchilari hujjat topshirishi mumkin. O‘qish muddati – 2 yil.  Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz, suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 
                                     • 
Telegram  | • Instagram