E'lonlar
  • 03 06, 2024

E’LON

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Parlament axborot markazi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida “Parlament bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi.

Uch bosqichli tanlovning dastlabki turlarida @Parlament_bilimdoni_bot maxsus botidan ro‘yxatdan o‘tgan va test savollariga eng ko‘p to‘g‘ri javoblarni tanlagan ishtirokchilar uchinchi bosqichdagi og‘zaki savol-javoblar uchun quyi palataga taklif qilinadi.

Davlat boshqaruvi, parlament faoliyati va qonunchiligi, umuman olganda siyosatga qiziqadigan yoshlarni onlayn va oflayn shaklda o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Tanlovda ishtirok etib, bilimingizni sinang va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiriting!
                                         
Veb-say | Telegram  | Facebook  |  YouTube | Instagram | X | ParlamentTV_RADIO