Yangiliklar
  • 07 12, 2023

Respublikamiz bo'ylab yaqinlashayotgan Konstitutsiya kuni arafasida bosh qomusning qadrini yoshlarga tushuntirish, uni ulug'lashga qaratilgan ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 7-dekabr kuni Qarshi shahrida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa soha tashkilotlari tomonidan "Konstitutsiya ko'chasi" va ko'rgazmalar tashkil qilindi.

Shuningdek, tadbirda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining "Adliya qanotlari" va "Street law" loyihalari volontyorlari tomonidan fuqarolarning konstitutsiyaviy bilimlarini oshirishga bo'lgan qiziqishlarini rag'batlantirish va ularni sinovdan o'tkazish maqsadida sovrinli viktorinalar o'tkazildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube