Yangiliklar
  • 05 12, 2023

#Adliya_xabari

Huquqiy targ'ibot a'lochilari aniqlandi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda  jamoatchilik faollari “Huquqiy targ'ibot ishlari a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. 

Jumladan:

Babadjanov Atabek Davronbekovich – Toshkent davlat yuridik universitetining Magistratura va sirtqi ta'lim fakulteti dekani, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;

Irgasheva Dilfuza Rustamovna – “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish bo'limi boshlig'i;

Kosimov Nazirjon Boltaboy o'g'li – Bojxona qo'mitasi Yuridik boshqarma boshlig'i o'rinbosari;

Normurodova Inobat Qodirovna – “O‘zbekiston” telekanali Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar Bosh muharririyati siyosiy sharhlovchisi;

Sattarova Nilufar Alimovna – Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot bo'yicha bosh maslahatchisi;

 Sultonov G'ulom Ikromovich – Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi direktori;

Ziyadullaev Suxrob Abdikarimovich – Soliq qo'mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori;

Shamsutdinov Hayot Ne'matovich – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi.

Eslatib o'tamiz, mazkur ko'krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni asosida ta'sis etilgan.

Ko'krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o'z egalariga topshiriladi.

Ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Kanalga ulanish:
                       
 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin