E'lonlar
  • 27 11, 2023

TANLOV

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Baxtimiz qomusi" mavzusidainsho va videoroliklar tanlovini e'lon qiladi!

  • Insholar tanlovi 4-dekabr kuni soat 14:30 da Texnikumning ARM xonasida o'tkaziladi. Murojaat uchun: @Boynazarova_20
  • Videorolik davomiyligi 2.5-3 daqiqagacha bo'lishi, muallif tomonidan tasvirga olinishi talab etiladi. Tanlovga materiallar 5-dekabrga qadar (shu kuni ham), @m_nurullaevich profili orqali qabul qilinadi.

P/S: Televideniye va xususiy telekanallar tomonidan e'lon qilingan, YouTube hamda ijtimoiy tarmoqlardan ko'chirilgan video roliklar mualliflik huquqini buzgan hisoblanib, tanlovda ishtirok etmaydi.

Tanlov natijalari 8-dekabr - "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" arafasida e'lon qilinadi. G'oliblar Yuridik texnikum direktorining esdalik sovg'a va diplomlariga ega bo'lishadi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube