E'lonlar
  • 20 11, 2023

TANLOV

Qashqadryo viloyati yuridik texnikumida "Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovining texnikum bosiqchi bo'lib o'tadi.

Mazkur tanlov texnikum o'quvchilarining intellektual salohiyatini oshirish hamda kreativ g'oya va tashabbuslarini ilgari surishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida o'tkazilib kelinadi.

Tanlovda texnikumning 2-bosqichida ta'lim olayotgan 10 nafar o'quvchilar 3 ta shart bo'yicha bellashadilar.

Texnikum bosqichida g'olib o'quvchilar yuridik texnikumning faxriy yorlig'i hamda Bazaviy hisoblash miqdorida bir martalik pul mukofatlari bilan taqdirlanadilar:

  • 1-o'rin uchun – 5 barobari;
  • 2-o'rin uchun – 4 barobari;
  • 3-o'rin uchun – 3 barobari.

Texnikum bosqichida 1-o'rinni egallagan o'quvchi hududiy tashkiliy qo'mita qaroriga muvofiq tanlovning Respublika bosqichida qatnashish baxtiga muyassar bo'ladi.

 "Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovi to'g'risidagi nizom bilan yaqindan tanishish uchun yoshlar bilan ishlash bo'limi @m_nurullaevich murojaat qilishingiz mumkin.

Asos: Adliya vazirining 2021-yil 29-yanvardagi 38-um-son buyrug'i 

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube