O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SAYLOVI ROSSIYADA QANDAY O‘TADI?
Ma’lumki, Rossiya Federasiyasida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlarimiz, u yerdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Xo‘sh, ularning konstitusion huquqi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Aytish mumkinki, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona va vakolatxonalari tomonidan mazkur yirik siyosiy tadbirni yuqori darajada tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha faol tayyorgarlik ishlari olib borilayapti. Buning uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida, Sankt-Petyerburg, Rostov-Don, Ekatyerinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostok kabi yirik shaharlardagi diplomatik vakolatxonalarida jami 7 ta saylov uchatkasi tashkil qilingan. Uchastka saylov komissiyalari tarkibiga elchixona xodimlari, konsullar, elchixona maslahatchilari, Rossiyadagi tadbirkor yurtdoshlarimiz, madaniy markazlar va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining o‘zbekistonlik talabalari jalb etilgan.