Yangiliklar
  • 05 12, 2024

Xalqimiz azaldan go'zallik timsoli bo'lgan mo'tabar onalarimiz bilan dilbar qizlarga alohida hurmat ehtirom ko'rsatib kelgan.

Shu munosabat bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qarshi shahar bo'linmasi tomonidan 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan iqtidorli, iste'dodli o'quvchi va talabalar o'rtasida "Men iqtidorliman" insholar tanlovi o'tkazilgan edi.


Mazkur tanlovda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining 2-bosqich o'quvchisi Hamroyeva Umida G'olib qizi 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Tanlovni o'tkazishdan maqsad – mamlakatimizda qizlarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, milliy va oilaviy qadriyatlarimiz, qizlar tarbiyasi, odobi, va sog'lom turmush tarzi tamoyillaridan iboratdir.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube