Yangiliklar
  • 05 12, 2024

Har yili Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni yuqori kayfiyat bilan kutib olamiz, o'zgacha shukuhda bayram qilamiz. Bu bejiz emas. Uning qadr-qimmati, ahamiyatini har birimiz dil-dildan his etamiz.

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Suhbatda Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o'rni, so'nggi yillarda Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning islohotlar samarasini oshirishdagi ahamiyatiga doir masalalar haqida so'z yuritildi.
Tadbir so'nggida noyabr oyi davomida tashkil etilgan tadbirlarda faol qatnashgan o'quvchilarga diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube