Yangiliklar
  • 30 01, 2025

Inson ma'naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr san'atining o'rni beqiyos.

Shu maqsadda Qashqadaryo yuridik texnikumi o'quvchilari bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida M.Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida namoyish etiladigan "Davlat bolalari" nomli spektaklga tashrif buyurdilar.


Sahna ustalari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan ushbu teatr tomoshasi o'quvchilarda katta taassurot uyg'otib, barcha tomoshabinlarga birdek manzur bo'ldi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube