SAYOHAT
Vatanparvarlik ma'lum va mashhur tamoyil bo'lib, u insonning o'z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo'lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushunchadir. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan masala hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo yuridik texnikumining bir guruh faol o'quvchilari bilan Qarshi shahrida joylashgan "Vatanparvarlar bog'i"ga sayohat uyushtirildi.
Sayohatdan asosiy maqsad – yoshlarning tarix haqidagi bilimlarini oshirib, mamlakatimizdan, ajdodlarimizdan, milliy armiyamizdan g'ururlanish tuyg'ularini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube