"Yilning eng faol o'quvchisi" respublika ko'rik-tanlovining yakuniy bosqichi o'tkazilmoqda
Ayni vaqtda Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida "Yilning eng faol o'quvchisi" respublika ko'rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Respublika bosqichda "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon o'quvchisi", "Yilning eng faol targ'ibotchi o'quvchisi", "Yilning eng faol ixtirochi-innovator o'quvchisi", "Yilning eng faol sportchi o'quvchisi", "Yilning eng faol iqtidorli o'quvchisi" kabi nominatsiyalar bo'yicha saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan 5 nafardan nomzod o'z taqdimotlari billan ishtirok etmoqda.
Mazkur tanlovda Qashqadaryo yuridik texnikumi o'quvchisi Hamroyeva Umida G'olib qizi – "Yilning eng faol targ'ibotchi o'quvchisi" nominatsiyasi bo'yicha faol ishtirok etmoqda.
O'quvchimizga omad tilaymiz!
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube