E'lonlar
  • 14 01, 2025

#mardoʻgʻlon_2025

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga hujjatlar qabul qilinmoqda
Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?

  • Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
  • O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
  • 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yil 1-martga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

Nizom bilan tanishish
Kerakli hujjatlar bilan tanishish

Bizni kuzating: