TANLOV
Ona yurtimiz sarhadlarini kun-u tun qo'riqlayotgan, xalqimiz osoyishta hayoti uchun jonini fido qilishga tayyor, sharafli kasbiga sodiq harbiy xizmatchilar, qolaversa, har bir vatandoshimiz oldida har qancha ta'zim qilsak arziydi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni!" shiori ostida videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlovga materiallar: @m_nurullaevich profili orqali 13-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Eng yaxshi videoroliklar saralanib, texnikumning rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga joylab boriladi. Videorolik davomiyligi 2-3.5 daqiqagacha bo'lishi shart.
P/S: Televideniye va xususiy telekanallar tomonidan e'lon qilingan, YouTube hamda ijtimoiy tarmoqlardan ko'chirilgan videoroliklar mualliflik huquqini buzgan hisoblanib, tanlovda ishtirok etmaydi.
G'oliblar yuridik texnikum rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube