E'lonlar
  • 13 08, 2024

QO'SHMA TA'LIM DASTURI HAQIDA MA'LUMOTGA EGAMISIZ?

Qo'shma ta'lim (ikki diplomli) dasturi — O'zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta'lim muassasalari o'rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma'lumot olganligi to'g'risidagi barcha xorijiy hamkor oliy ta'lim muassasalari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta'lim dasturidir.
Toshkent davlat yuridik universiteti quyidagi xorijiy oliy ta'lim muassasasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan bakalavriat darajasidagi 3 ta qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha talabalarni qabul qiladi:

  1. M.S.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozog'iston, Nur-Sulton sh.);
  2. Y. Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus, Grodno sh.);
  3. N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (Rossiya, Nishniy Novgorod sh.).

Dastur bitiruvchilari TDYU va tegishli xorijiy OTMning diplomini olib, ikkita davlat hududida nostrifikatsiyasiz ishlash huquqiga ega bo'ladilar.
O'qish muddati:

  • Abituriyentlar uchun - 4 yil.
  • Texnikum bitiruvchilari uchun - 3 yil. 
  • Sirtqi ta'lim shakli - 5 yil.

Ushbu ta'lim dasturiga texnikumni mazkur va o'tgan o'quv yilida tamomlagan bitiruvchilari ham hujjat topshirishlari mumkin. Shoshiling vaqt oz qoldi, hujjat topshirish uchun @m_nurullaevich profiliga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube