E'lonlar
  • 06 08, 2024

«Yurisprudensiya» yonalishini tanlagan abituriyentlar to'plagan BMBA (Bilim va malakalarni baholash agentligi) ballari bilan Yuridik texnikumga o'qishga kirishlari mumkin.

"Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 2024/2025 o'quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta'lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo'yicha imtihonlar "avval test, so'ng tanlov" tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o'tkazilishi belgilangan.
Abituriyentlar o'z tanloviga ko'ra test sinovi natijasida to'plagan ballidan kelib chiqib, dastlab oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga, so'ng professional ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Barcha davlat texnikum va kollejlariga "avval test, so'ng tanlov" tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta'lim shaklini oliy ta'lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e'lon qilinganidan so'ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Siz ham yurist bo'lmoqchimisiz, unda bizga murojaat qiling!

Murojaat uchun: @yuridik_texnikum_bot
Hoziroq biz bilan bog'laning:

  • +998554015175
  • +998906176655 
  • +998993791922
  • +998907204595
  • +998914534876