Yangiliklar
  • 05 12, 2023

SAYYOR SUD

Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar yanada takomillashtirilmoqda. Sudyalarning adolat va qonunning haqiqiy himoyachilari bo'lishiga erishish zarur va shartligi qonun doirasida mustahkamlanmoqda.

Kuni kecha Mullato'ychi Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida viloyat Jinoyat ishlari bo'yicha sudi sudyalari tomonidan sayyor sud majlisi tashkil etildi.

Unda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining birinchi va ikkinchi bosqich o'quvchilari, viloyat prokuraturasi xodimlari, Jinoyat ishlari bo'yicha shahar va tuman sudyalari va fuqarolar ishtirok etishdi.

Bu kabi sayyor sudlar bo'lajak huquqshunoslarning o'z kasbiga bo'lgan qiziqishini yanada rivojlantirishi shubhasiz. Sayyor uchrashuv yakunida jinoyatga jazo muqarrarligi, bu kabi illatlardan har bir fuqaro o‘ziga tegishli xulosa chiqarishi lozimligi ta'kidlandi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube