streetlaw.uz
O'zbekiston Street Law loyihasining rasmiy veb-sayti (streetlaw.uz) ishga tushirildi
Oliy va o'rta maxsus yuridik ta'lim muassasalari talabalari hamda o'quvchilari tomonidan maktab o'quvchilariga volontyorlik asosida kundalik hayotda eng zarur bo'lgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali o'qitishga qaratilgan loyiha.
Ushbu loyihani respublika miqyosida tatbiq etish maqsadida uning rasmiy veb-sayti – streetlaw.uz yaratildi.
Mazkur saytdagi resurslardan maktablarning hamda undan yuqori ta'lim muassasalarining huquqshunoslik fani o'qituvchilari darslarga Street Law elementlarini kiritish orqali darslarni interaktiv tarzda tashkil qilish uchun foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, maktab va undan yuqori ta'lim muassasasining ta'lim oluvchilari huquqiy va hayotiy bilimlarini oshirish maqsadida foydalanishlari mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube