Yangiliklar
  • 05 11, 2024

STREET LAW

O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksida ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo'lgan holatlar bundan mustasno.


Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilaridan tashkil etilgan STREET LAW loyihasi volontyor-o'quvchilari N.Islomov va R.Axmedov tomonidan navbatdagi mashg'uloti Kitob tumanidagi 43-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tdi.

Mashg'ulot "Men ham oilamning to'laqonli a'zosiman" (Oilaviy munosabatlarda voyaga yetmagan shaxslar) mavzusida dars olib bordi.
Shuningdek, o'quvchilarga "Huquq maktabi" mobil ilovasi, "Huquq ta'limi" telegram kanalining qulayligi hamda afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube