#TANLOV
Yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi hamda "Adolat" SDP Qarshi shahar Kengashi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Vatan kelajagi yoshlar qo'lida" loyihasi doirasida "Konstitutsiya bilimdoni" ko'rik-tanlovi e'lon qilinadi!
Ko'rik-tanlov joriy yilning 6-noyabr kuni o'tkaziladi. Tanlovda texnikumning faqat 2-bosqich o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchi viloyat bosqichiga yo'llanma olish baxtiga muyassar bo'ladi.
Ko'rik-tanlov nizomi bilan tanishish uchun
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
• telegram | • facebook | • instagram | • youtube