E'lonlar
  • 29 10, 2024

"IDROK" intellektual o'yining texnikum bosqichi

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida davlat va jamiyatga yetuk, yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularga o'z iqtidorlarni namoyon etishga imkoniyatlar yaratish maqsadida o'quvchi-yoshlar o'rtasida "IDROK" intellektual o'yini o'tkazilib kelinmoqda.
Intellektual o'yin 2 bosqichda: texnikum va respublika bosqichlarida o'tkaziladi. Texnikum bosqichida g'olib bo'lgan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi bosqichi joriy yilning 15-noyabr kuni bo'lib o'tadi.
G'olib jamoaga texnikum direktori tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshiriladi. Shuningdek, ishtirokchilar "eng ahil jamoa", "eng bilimdon ishtirokchi", "eng tezkor ishtirokchi" nominatsiyalari bilan ham taqdirlanadi.
Intellektual o'yinda qatnashish istagidagi o'quvchilar
@m_nurullaevich profiliga murojaat qilib, yozma shaklda ariza berishlari shart.
Yuqori intellektual egalari salohiyatingizni ko'rsatish vaqti keldi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 296-um-sonli buyrug'i 
Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 
                 •  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube