Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” dagi PQ–3666 son qarori bilan tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5987 son Farmoni asosida texnikumning faoliyati takomillashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida 2023/2024-oʻquv yilidan 2 ta Mutaxassislik fanlari va Umumtaʼlim fanlari kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining ilmiy salohiyati
Bugungi kunda texnikumda quyidagi yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda:
Hozirda texnikumda jami 380 nafar ( shundan qizlar 207 nafar) oʻquvchi, jumladan 197nafar (103 nafar qizlar) 1-bosqichda, 2-bosqichda 183 nafar (104 nafar qizlar) kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklida, jumladan jami oʻquvchilardan 329 nafari toʻlov-kontrakt, 50 nafari davlat-granti asosida tahsil olib kelmoqda.(26.12.2023 yil holatiga ko‘ra).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5987 son Farmoniga muvofiq oʻquv jarayoni va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrtasida uzviy aloqani qoʻllash, zamonaviy talablar, ilgʻor xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashda Prokuratura, MIB, IIB, Viloyat adliya boshqarmasi, Sud organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan.
Hozirgi kunga (2023-yil holatiga ko‘ra) texnikum oʻqituvchilarining 61 ta Ilmiy maqolalar, 5 ta O‘quv qo‘llanma (TDYU muhokamasiga taqdim etilgan), mahalliy nashrlarda 63 ta, 62 ta Ochiq darslar, 10 ta Xorijiy OTMlar bilan dars-seminarlar, 6 ta Sayyor sudlar, 128 ta Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, 48 ta Sud va Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tashrif, 2 ta Ilmiy-amaliy konferensiyalar, 24 ta Kouching_mahorat darslari, 15 ta Metodik seminar-treninglar, 12 ta Televideniyada chiqishlar, 18 ta Radioda chiqishlar, 23 ta Gazeta, jurnallarda publisistik maqollar, 122 ta Veb sayt va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish ishlari amalga oshirildi.
Bitiruvchilar (2022/2023 o‘quv yili) 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 705-sonli qaroriga muvofiq, 6 nafar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 17-sonli qaroriga muvofiq, 5 nafar Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamda 28 nafar Boshqa OTMlarga ta’lim olishmoqda. Shunigdek 106 nafar bitiruvchilar ish bilan ta’minlangan!