Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5987 son Farmoni asosida texnikumning faoliyati takomillashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida 2020/2021 oʻquv yilidan 2 ta Mutaxassislik fanlari va Umumtaʼlim fanlari kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining ilmiy salohiyati
Bugungi kunda texnikumda 13 nafar oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bulardan 2 nafari yetakchi oʻqituvchi, 3 nafari katta oʻqituvchi, 8 nafari oliy maʼlumotli oʻqituvchilarni tashkil etadi. 4 nafar oʻqituvchining mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy ish bilan shugʻullanishi koʻzda tutilmoqda.
Bugungi kunda texnikumda quyidagi yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda:
1. Yurisprudensiya: Davlat-huquqiy faoliyat
2. Yurisprudensiya: Yuridik xizmat
3. Yurisprudensiya: Sud huquqiy faoliyati
Hozirda texnikumda jami 350 nafar ( shundan qizlar 165 nafar) oʻquvchi, jumladan 168 nafar (70-nafar qizlar) 1-bosqichning kunduzgi taʼlim shaklida, 36 nafar (18 nafar qizlar) sirtqi taʼlim shaklida, 2-bosqichda 146 nafar (77 nafar qizlar) kunduzgi taʼlim shaklida, jumladan jami oʻquvchilardan 337 nafari toʻlov-kontrakt,13 nafari davlat byudjeti asosida tahsil olib kelmoqda.(03.05.2021y.holatiga).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5987 son Farmoniga muvofiq oʻquv jarayoni va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrtasida uzviy aloqani qoʻllash, zamonaviy talablar, ilgʻor xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashda Prokuratura, IIB, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, Sud organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan.
Shunga koʻra, oʻquvchilarning mazkur tashkilotlarda stajirovka va amaliyot oʻtashlari yoʻlga qoʻyildi.
Sud organlari tomonidan texnikumda oʻquvchilar ishtirokida doimiy ravishda sayyor sud majlislari oʻtkaziladi.
Hozirgi kunga qadar texnikum oʻqituvchilarining mahalliy nashrlarda 63 ta, xalqaro ilmiy jurnallarda 20 ta ilmiy maqolalarichop etildi.
Mutaxassislik fanlari kafedrasi oʻqituvchisi Timirova Shirin 2021-yil 2-fevralda "Rol i znacheniye grajdanskogo obщestva v povыshenii pravovoy kulturы grajdan" mavzusida ilmiy maqolasi"INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION" xalqaro jurnalda chop etildi.Mutaxassislik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Raxmonova Gulzodaning 2021-yil 25-yanvarda"Modern scientific challenges and trends" xalqaro konferensiyasida “Maʼnaviy madaniyatda diniy ong masalasi” mavzusida, 2021-yil 25- fevralda"International scientific - online conference" Vashington konferensiyasida “Shaxs maʼnaviy hayotida ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarning oʻrni” mavzusida ilmiy maqolalari chop etildi. Mutaxassislik fanlari kafedrasi oʻqituvchisi Muhammadiyev Xurshidning 2021 yil 16-fevralda "YAKKA TARTIBDA TADBIRKORNING BANKROTLIGINI MAʼMURIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI" mavzusida, 2021-yil 3-mart kuni "YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORNING BANKROTLIK INSTITUTI XORIJIY DAVLATLAR QONUNCHILIGIDA" mavzusida ilmiy maqolasi xalqaro jurnalda chop etildi.
Mutaxassislik fanlar kafedrasi mudiri Nomozova Bahorgulning 2021-yil 25-dekabr kuni "Qonuniylikni taʼminlashda Konstitutsiyaning ahamiyati, qonunning ustuvorligi" mavzusida ''Polish Scienct Journal" jurnalida, 2021-yil 4-fevral kuni "Sharq mutafakkirlari asarlarida "ahloq" qoidalari normasi" mavzusida"Образование и наука в XXI веке" jurnalida ilmiy maqolalari chop etildi.2021-yilning yanvar-aprel oylarida keng miqyosida “Soha rahbarlari va yoshlar”, “Adliya va yoshlar”, “Sudlar va yoshlar”, “Prokuror va yoshlar”, “Deputat va yoshlar”, “Teatr va yoshlar” kabi koʻplab uchrashuvlar oʻtkazilgan.
Iqtidorli oʻquvchilar
2020-yil yuridik texnikumi 2-bosqich, 205-guruh oʻquvchisi Nimatov Javohir Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan oʻtkazilgan I Xalqaro bolalar onlayn konferensiyasida faol ishtirok etib maxsus "SERTIFIKAT" bilan taqdirlangan.
2020-yil yuridik texnikumi 2-bosqich, 205-guruh oʻquvchisi Nimatov Javohir Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvatlash markazi viloyat boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan “Vatanning umidli ziyolisi” konferensiyasida faol ishtirok etib maxsus "SERTIFIKAT" bilan taqdirlangan.
2020-yil yuridik texnikumi 2-bosqich, 201-guruh oʻquvchisi Normoʻminov Behruz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzosi boʻldi.
2021-yil viloyat Prokuraturasi tomonida oʻtkazilgan “Tashabbuskor yoshlar” tanloviga texnikum jamoasi qatnashib 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2021-yil yuridik texnikumi 2-bosqich, 206-guruh oʻquvchisi Hamidova Mahliyo Yoshlar agentligi tomonidan tashkil etilgan “Qizlar ovozi” klubiga viloyat kordinatori sifatida saylandi.
OAVdagi chiqishlar
2020/2021 oʻquv yilida jami 14 marotaba televidiniye, 17 marotaba gazeta va jurnal hamda viloyat va respublika miqyosidagi ijtimoiy tarmoqlarda texnikum faoliyati keng yoritilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda texnikumning rasmiy sahifalari ham mavjud va doimiy faoliyat yoritib boriladi.
Jumladan, 2021-yil yanvar oyida Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan bu yilgi Murojaatnomasini mazmun mohiyati haqida yuridik texnikum oʻqituvchilari va oʻquvchilari fikr mulohazalari orqali Qashqadaryo teleradiokanali orqali 3 marotaba chiqish qildi.
2021-yil 7 va 13-aprel kunlariQashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida viloyat prokuraturasi va Halq deputatlari viloyat kengashi bilan hamkorlikda "Prokuror va yoshlar", “Deputat va yoshlar”uchrashuvi oʻtkazilgan hamda mazkur uchrashuv Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida namoyish qilingan.